Ayni paytda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida yig‘in o‘tkazmoqda. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida “Bunyodkor”dan olti nafar futbolchi — Mirjamol Qosimov, Sardorbek Azimov, Xurshid G‘iyosov, Akramjon Komilov, Dostonbek Hamdamov va Zabixillo O‘rinboyev qatnashmoqda.
Yoshlar 9—23-oktabr kunlari Myanma mamlakatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ular kecha musobaqaoldi tayyorgarlik doirasidagi Albaniya yoshlar terma jamoasi bilan nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda O‘zbekiston yoshlari 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston termasining uchala goliga “Bunyodkor” a’zolari — Zabixillo O‘rinboyev (ikkita) va Xurshid G‘iyosov mualliflik qildi.
O‘zbekiston yoshlari 19-avgust kuni albaniyaliklarga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Izoh (0)