O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3-sentabr kuni Iordaniya va 8-sentabr kuni Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Har ikkala uchrashuvning boshlanish vaqti 19:00 deb belgilandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
OK — 2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslarigacha bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 3-sentabrda Iordaniya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo‘lsa, 8-sentabr kuni “Paxtakor” stadionida Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin o‘tkaziladi. Ungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari 20-avgust kuni Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyida ham bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra 6-oktabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
10 va 14-oktabr kunlari esa Bahrayn va BAA milliy terma jamoalariga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. So‘nggi ikki o‘yin BAAning Dubay shahrida o‘tkazilishi tasdiqlangan.
Izoh (0)