Yangi flagman LG G3 smartfoni o‘zida eng so‘nggi texnologik ishlanmalarni, zamonaviy va ixcham dizaynni, shuningdek intuitiv, tushunarli foydalanuvchi interfeysini jamlagan, deb xabar bermoqda LG kompaniyasi.
Kompaniyada Floating Arc deb ataladigan yetakchi smartfon dizayni ergonomik egikligi-yu nozik qirralari bilan farqlanib turadi.
Orqa qopqog‘ining yuzasi metallashgan teksturaga ega bo‘lib, yoqimli g‘adir-budirlik mavjud. Apparatning old yuzasi Native Damage Resistance texnologiyasi bilan Corning Gorilla Glass 3 pishiq oynadan ishlangan bo‘lib, u smartfon e’tiborsizlik bilan sumkada kalitlarga qo‘shib yoki cho‘ntakda tanga-chaqalar bilan birga olib yurilganda, displeyni mayda tirnalishlardan saqlaydi. LG G3 ning qalinligi bor-yo‘g‘i 8,9 mm bo‘lib, vazni esa atigi 149 g.
Apparat eng so‘nggi operativ tizim Android 4.4.2 KitKat boshqaruvida ishlaydi. Rear Key smartfonni boshqarish tugmachalari orqa panelga o‘tkazilgan.
Bundan tashqari loyiha ishlab chiquvchilari unga LG kompaniyasining biron-bir smartfonida qo‘llanilmagan yangi maxsus launcher kiritgan.
Qo‘shimcha ustunliklar sifatida NFC chip va simsiz quvvatlanish imkoniyati borligini alohida ta’kidlash joiz.
Qurilma avvaldan qo‘yilgan, foydalanuvchi ortiqcha deb hisoblaydigan deyarli barcha ilovalarni o‘chirish hisobiga xotirani optimallashtirish funksiyasiga ham ega.
Asosiy tavsiflar:
- Chipset: Qualcomm Snapdragon™ 801 (to‘rt yadroli, 2,5 GGs gacha )
- Displey: 5.5-dyuymli Quad HD IPS (2560×1440, 538 ppi)
- Xotira: 16 Gb EMMC ROM / 2 Gb faol xotira DDR3 / slot MicroSD (128 GB maks)
- Kamera: 13.0 megapikselli asosiy, OIS + va lazerli avtofokusi bilan / Frontalligi 2.1 megapiksel
- Batareya: 3000 mA·soat (almashinuvchi)
- Operatsion tizim: Android 4.4.2 KitKat
- O‘lchamlari: 146,3×74,6×8,9 mm
- Vazni: 149 gramm
- Tarmoq: 4G / LTE / HSPA+ 21 Mbit (3G)
- Ulanish: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth Smart Ready (apt-X), NFC, SlimPort, A-GPS/Glonass, USB 2.0
- Knock Code. Ekranga taqillatish orqali blokirovkalash kodini belgilash, shuningdek mehmonlar uchun xususiy rejimni yoqish mumkin. Knock Code blokirovkadan chiqarishning patentli texnologiyasi eng ishonchli texnologiyalardan. Turli xil yengil teginishlarning kamida 80 ming varianti — smartfonni bankdagi seyf kabi ishonchli himoyalaydi.
- “Aqlli klaviatura”. G3 yangi, o‘rgana oladigan, yanada qulay klaviaturaga ega bo‘ldi. Uning o‘lchamini balandligi bo‘yicha o‘zgartirish mumkin, bu adashib tushishlar sonini kamaytiradi, foydalanuvchi klavishlarga qarashni kamaytirish uchun kerak so‘zlarni oddiy silliq harakatlar bilan tanlash mumkin. “Aqlli klaviatura” tufayli xabarlar terishda xatolar soni kamayadi.
- “Aqlli ogohlantirishlar”. Qurilma agar tunning issiq bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, kechki uyqudan oldin suv ichish; smartfonni zaryadkaga qo‘yish; chiqayotganda soyabonni olish yoki o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqqa telefon qilish kabilar haqida ogohlantiradi.