Bir necha hafta davomidagi ikkilanishlardan so‘ng, Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga qaror qildi. Ular avvalambor davlat hissasi 51 foizdan yuqori bo‘lgan banklarga tegishli bo‘ladi, deya xabar berdi Euronews.
Shuningdek, sanksiyalar mudofaa, neft sektorlariga ham kiritiladi. Biroq Rossiya yoqilg‘isiga muhtoj bo‘lgan Yevroittifoq energetika xavfsizligini kafolatlash uchun sanksiyalar gazga tegishli bo‘lmaydi.
Ekspertlar fikricha, ko‘rilayotgan choralar Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tiklash qiyin bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rossiyaning 1,5 trillion yevroga teng yalpi ichki mahsuloti 2014-yilda bor-yo‘g‘i 0,2 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Biroq YeI ham YaIMning ma’lum qismini yo‘qotishi prognoz qilinmoqda. Germaniya iqtisodiyotida bunday alomatlar hozirdanoq sezilmoqda.
Izoh (0)