“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2014-yil 16-iyulda “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markasi muomalaga kiritildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar berdi.
Pochta markasi Koreya Respublikasining Inchxon shahrida bo‘lib o‘tadigan XVII yozgi Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markasida taekvondochilarning olishuv fragmenti tasvirlangan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq.Pochta markasining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa. Nominali — 1200so‘m.
Identifikatsiya raqami — 1091.
Marka dizayner Kaneves E. loyihasi asosida yaratilgan.