Columbia Pictures kinostudiyasi “Yangi o‘rgimchak odam 3” (Amazing Spider-Man 3) filmining 2016-yil 10-iyunga belgilangan premyerasini bekor qildi va uni 2018-yilga ko‘chirdi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi. Bo‘shagan sanani ommabop Uncharted o‘yini asosida suratga olingan film namoyishi egalladi.
“Yangi o‘rgimchak odam” filmi 2012-yilda ekranlarga chiqqan. Uning ikkinchi qismi esa 2014-yil bahorida premyera qilindi. Har ikkala film ham muvaffaqiyat qozondi. O‘rgimchak odam rolini britaniyalik aktyor Endryu Garfild ijro etdi. Filmda, shuningdek Emma Stoun, Ris Ivans va Denis Liri ham qatnashdi.