O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Ravshan Ermatovni “O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi” faxriy nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi.
O‘zbekiston futbolini dunyoga olib chiqishda ko‘rsatib kelayotgan tinimsiz mehnati, xizmati va jasorati, O‘zbekiston hakamlar maktabining shuhratini butun dunyoga yoyishda Vataniga sidqidildan xizmat qilayotgan, mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish va uning ommaviylashuvini, shuningdek, xalqaro futbol maydonlarida O‘zbekiston nomini va bayrog‘ini baland ko‘tarish yo‘lida qo‘shayotgan ulkan hissalarini rag‘batlantirish maqsadida FIFA referisi Ravshan Ermatov “O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi” faxriy nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi
Qaror qiladi:
FIFA referisi Irmatov Ravshan Sayfiddinovich O‘zbekiston futboli dovrug‘ini yoyishda qilgan xizmatlari uchun alohida shaxslarga beriladigan “O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi” faxriy nishoni bilan taqdirlansin.
Bundan avval xabar berganimizdek, bugun Ravshan Ermatov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
Izoh (0)