Germaniya sport vaziri Peter Bayt Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatini bekor qilish kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Bild’ga tayanib, Stadion.uz xabar berdi.
“298 kishining umriga zomin bo‘lgan dahshatli voqealar bilan bog‘liq vaziyat hal qilinmas ekan, jahon chempionatiday musobaqaning Rossiyada o‘tishi mumkin emas”, — deydi Bayt.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada jahon chempionati 2018-yilning 8-iyunidan 8-iyuligacha o‘tkazilishi belgilangan.
Izoh (0)