O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining maxsus vazifalar bo‘yicha elchisi Ilhomjon Ne’matov nafaqaga chiqayotgani munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqdagi qaror O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Ilhomjon Ne’matov 2013-yil avgustida TIVning maxsus vazifalar bo‘yicha elchisi etib tayinlangan edi. Bundan avval u O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
TIV matbuot xizmati xabarida Ne’matovning o‘rniga kim tayinlangani haqida axborot berilmagan.