O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Atlanta shahrida o‘tkazilayotgan “BB&T Atlanta Open” xalqaro turnirining yakkalik bahslarida dastlabki uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Bu haqda Olympic.uz xabar berdi.
Mezbon sportchi Rajiv Ramga qarshi kortga chiqqan Denis Istomin ikki set yakuniga ko‘ra 6-1, 6-4 hisobida zafar quchdi.
Endi tennischi nimchorak finalda slovakiyalik Lukash Latsko bilan bahs yuritadi. Lukash Latsko birinchi davrada amerikalik Naman Pashani 6-2, 7-5 hisobida mag‘lub etgan.
Denis Istomin yakkalik musobaqalarini g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, juftliklar bahsida turnirni erta tark etdi. Avstraliyalik sherigi Marinko Matoshevich bilan bahslarga kirishgan Denis birinchi davrada amerikalik Stiv Jonson va Sem Kerri duetiga 5-7, 4-6 hisobida imkoniyatni boy berdi.