Dizayner Jeyk Rich mikroto‘lqinli pech uchun ajoyib g‘oya ishlab chiqdi. Yangi pechning nomi Mediumwave deb nomlanadi. Bu haqda Gizmodo sayti xabar berdi.
Pechda bir kishilik ovqatni isitish mumkin va uning qopqog‘i metal to‘qimadan yasalgan. Shu bois ovqatning isish jarayonini kuzatib turish mumkin.
Pech elektr toki yordamida ishlaydi. Shuningdek pechda g‘ildiraklar o‘rnatilgan va uni istalgan joyga siljitib qo‘yish mumkin.
Loyiha muallifining fikricha, yo‘l tirband bo‘lgan paytlarda avtomobilda o‘tirib Mediumwave’da issiqqina qahva damlash mumkin.