Mashhur ijtimoiy tarmoq mobil qurilmangizda biror videoni ko‘rib bo‘lganingizdan so‘ng, unga aloqador yoki ommabop videolarni tavsiya qilish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Mashable nashri xabar berdi.
Videoni ko‘rganingizdan keyin uning o‘zini qayta tomosha qilish yoki Facebook tavsiya qilgan videolardan birini ko‘rishingiz mumkin. Bu xizmat tarmoqning kichik guruhlarida iOS va Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun amal qilmoqda, deyiladi TechCrunch xabarida.
Facebook vakili shunday funksiyani sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi va bu yangi xizmat foydalanuvchilar o‘zlari uchun qiziqarli videolarni topa olishlariga ko‘mak beradi, deya ta’kidladi.
Facebook videolarni tavsiya qilish orqali brend va kompaniyalarning reklamalarini kengroq taqdim etish bilan shug‘ullanishi mumkin.