“Jasur G‘oyipov ishi”dan keyin Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lganlarning soni ko‘paygan. Bu haqda Munisa Rizayevaning o‘zi Sayyod.uz’ga ma’lum qildi, deb yozadi “Kun”.
“Bo‘lajak kuyovlarning keti uzilmayapti. Tanlash jarayoniga tushib qolganman, kastingdek gap. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni tanlayapman. Hozircha aniq besh nafar nomzod bor”, — deydi xonanda.
Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, ular xonandaning “yuragini zabt etishni istab, qo‘lini so‘rashmoqda”.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uning otasi juda ham qattiqqo‘l va unga “uncha-buncha yigit”ni ma’qul kelishi qiyin, Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lganlarning aksariyati ham uning otasiga yoqmayapti.
“Men sof o‘zbekka turmushga chiqishni istayapman, uydagilar esa — yo‘q, ‘kuyov yevropalashgan bo‘lishi kerak’, degan fikrda. Ijodkor bo‘lganimgadir”, — dedi Munisa Rizayeva.
Xabar berishlaricha, 7—9-oktabr kunlari Munisa Rizayeva jonli konsert beradi va unda ota-onasiga bag‘ishlangan qo‘shiq kuylashni ham rejalashtirmoqda.