FIFA tashkiloti prezidenti Yozef Blatter JCh—2022 musobaqasini boshqa davlatga berish masalasi ko‘rilmayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Sport Ekspress” saytiga asoslanib Uff.uz. xabar berdi.
Avvalroq, Qatar 2022-yilgi Jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani, natijada musobaqa mezbonligi boshqa davlatga berilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
“JCh—2022 musobaqasi mezbonligini boshqa davlatga berish masalasi ko‘rilmayapti. Biz Qatar ushbu musobaqani o‘tkazishiga shubha qilmayapmiz. Hozir biz mustaqil tashkilotning surishtiruv ishlari yakunlanishini kutmoqdamiz. Natija qanday bo‘ladi? Men bilmayman, bashoratchi emasman”, — deydi Blatter.