Namanganning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasida ish boshlaydigan bo‘ldi. U milliy terma jamoada Mirjalol Qosimovga yordam beradi, deya ma’lum qildi “Olamsport”.
O‘zbekiston terma jamoasi shu haftada Ummonga qarshi o‘yinlar uchun tayyorgarlikni boshlaydi. Ushbu yig‘inda Ashurmatov terma jamoa futbolchilariga tanishtiriladi.