KXDR chorshanba – 23-aprel kuni Janubiy Koreyaga “Sevol” paromi halokati munosabati bilan ta’ziya izhor qildi. “Renxap” axborot agentligi bergan xabarlarga ko‘ra, mazkur telefonogramma Shimoliy Koreyaning Qizil xoch jamiyati orqali yuborilgan.
Janubiy Koreyaning Qizil xoch jamiyati esa uni Koreya Respublikasining Birlashuv vazirligiga taqdim etgan. Ta’ziyanomada KXDR fojia oqibatida halok bo‘lgan ko‘p sonli qurbonlar uchun chuqur hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bortida 476 yo‘lovchi bo‘lgan “Sevol” paromi 16-aprel kuni Janubiy Koreya soxillari yaqinida cho‘kib ketgan etadi. 150 kishi ushbu fojea qurboniga aylangan, bedarak yo‘qolganlar soni ham deyarli shunga teng. 174 kishi, jumladan parom kapitani va boshqaruv guruhi a’zolarining aksariyati qutqarib olingan. Yo‘lovchilarning katta qismi maktab o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan.
1950—1953-yillardagi qurolli mojarolardan keyin KXDR va Koreya Respublikasi Tinchlik Bitimini imzolamagan va amalda urush holatida hisoblanadi.