Mixail Proxorov tomonidan 2010-yili e’lon qilingan “Yo-mobil” loyihasi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va hali ishlab chiqarilmasidanoq 200 mingtadan ortiq buyurtma olgan edi. Ammo u endi butkul yopildi, deya xabar beradi “Kommersant” gazetasi.
Nashrga ONEKSIM guruhidan ma’lum qilishlaricha, “Yo-mobil”ni loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi “Yo-Injiniring” kompaniyasi barcha konstruktorlik hujjatlarini va bu avtomobil ustida ishlash huquqini avtomobilsozlik bo‘yicha Rossiyaning yetakchi ilmiy muassasasi – Markaziy avtomobil va avtomotor ilmiy tadqiqot institutiga sotgan.
Bu boradagi shartnoma 3-aprel kuni imzolangan, savdo qiymati shartli ravishda bir yevro qilib belgilangan. Endi “Yo-avto” o‘zida faqat “Yo” brendinigina saqlab qoladi, deyiladi xabarda.