Kubayeva Ozodbekka xotin?!

Mish-mishlar latofatli aktrisa Dilnoza Kubayevani O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning xotiniga aylantirdi-qo‘ydi.

Ozodbek Nazarbekov va Dilnoza Kubayeva.

Ozodbek Nazarbekov va Dilnoza Kubayeva.

Sayyod.Uz sayti xabariga ko‘ra, Ozodbek va Dilnozaning qandaydir to‘yi haqida “Voy, mani qo‘shnim o‘z ko‘zi bilan ko‘ribdi”, “Voy, nikoh o‘qigan amaqi mani erimni gapdoshi-ku”, “Voy, nikohiga o‘zim bir tog‘ora norin sotdim!”, “Ana-a-a, mani singlimni domidan kvartirayam oberibdi-ku!” kabi mish-mish tarqatayotganlarning hammasi yolg‘onchi!

Sayyod.Uz sayti egasining yozishicha, u Dilnoza Kubayeva bilan oxirgi marta ko‘rishganida, aktrisa: “Inson bu dunyodan yakka o‘tmasligi kerak, yana oila qurmoqchimanu, hozir har taraflama o‘ylayapman”, – degan ekan.

Ozodbek va Dilnozaning munosabatlari haqida gaplarga, bizning fikrimizcha, “Ozod-shou”ning Yangi yil soni sabab bo‘lgan ajab emas. O‘shanda Ozodbek Nazarbekov Alovuddin, Dilnoza Kubayeva esa Alovuddining seviklisi – Malika Budur rolini ijro etgan edi.

Mish-mishlarga o‘ch xalqimiz esa voqealarni o‘ziga yoqadigan yo‘nalishda rivojlantirib olishga usta ekanligini siz ham, biz ham yaxshi bilamiz, shunday emasmi? :)

Fikr bildiring

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Boshiga chiqing