MLS chempionatidan o‘rin olgan “Inter Mayami” va “Nyu-York Red Bulls” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 5-may tongida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “Inter Mayami”ning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Messi o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Luis Suares esa het-trik qayd etdi hamda Leoning bitta goliga hammualliflik qildi. Matias Roxas uchrashuvda dublga erishdi.
“Inter Mayami” ochkolari sonini 24 taga yetkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
MLS
5-may, yakshanba
“Inter Mayami” — “Nyu-York Red Bulls” 6:2
Gollar: 0:1 – 30 Vanzeyr, 1:1 – 48 Roxas, 2:1 – 50 Messi, 3:1 – 62 Roxas, 4:1 – 68 Suares, 5:1 – 75 Suares, 6:1 – 81 Suares, 6:2 – 90+7 Forsberg (penalti).
“Inter Mayami”: Kellender, Veygandt, Freyre, Aviles, Negri (Allen, 84), Buskets, Gressel (Brayt, 66), Ruis (Roxas, 46), Teylor (Kremaski, 66), Messi, Suares (Kampana, 84).
“Nyu-York Red Bulls”: Karlos, Dankan, Reyes, Nilis, Tolkin, Karmona (Jengaar, 82), Forsberg, Amayya (Elias Manoel, 70), Edelman, Morgan, Vanzeyr (Donkor, 82).
Ogohlantirishlar: Tolkin (25), Dankan (38), Karmona (39), Aviles (57).