1-may kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.Yaralangan falastinlik bola Isroil hujum qilgan Rafahdagi uyi o‘rnida turibdi.Foto: ReutersIsroil askarlari Isroil-G‘azo chegarasi yaqinida uchuvchisiz qurilmani uchirmoqda.Foto: ReutersAQSH davlat kotibi Entoni Blinken 7-oktyabr kuni HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan garovga olinganlarning oilalari bilan Tel-Avivdagi mehmonxona oldida uchrashdi.Foto: ReutersIsroil mobil artilleriya bo‘linmasi G‘azo tomon o‘t ochdi.Foto: ReutersAQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Isroil prezidenti Isaak Gertsog o‘rtasidagi uchrashuv kuni odamlar namoyishda qatnashmoqda.Foto: ReutersFalastinlik bolalar Rafah shahrida isroilliklar hujumi natijasida vayron bo‘lgan uy yonidan o‘tmoqda.Foto: ReutersG‘azo sektoriga gumanitar yordam yuborish davom etmoqda.Foto: ReutersPolitsiya xodimlari filippinlik faollarning Mehnat kuni munosabati bilan o‘tkazilgan namoyishda AQSH elchixonasi tomon yurishlarini to‘sib qo‘ydi.Foto: ReutersShveysariyaning Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bog‘i oldida aylanib yurgan tovus.Foto: ReutersNayrobidagi Mathare vodiysi aholi punktida Nayrobi daryosidan suv toshib, uylarni vayron qilgandan so‘ng, ko‘chirilgan bolalar qutqaruv markazida ovqatlanmoqda.Foto: ReutersTbilisida “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasiga norozilik namoyishi chog‘ida huquq-tartibot idoralari xodimlari parlament binosi yaqinidagi olomonni suv purkagich yordamida tarqatishmoqda.Foto: Reuters
Qochqinlar lageridagi ayollar, hujjatlarni sohtalashtirgan sobiq prezident, cho‘lga tushgan ballistik raketa — hafta suratlari 28 aprel, 23:15
Onasidan keyin vafot etgan Sabrin, cho‘lda topilgan ballistik raketa, Gaitidagi kundalik hayot — 29-aprel suratlari 29 aprel, 23:00
Rikshada uxlab qolgan erkak, kuchli yomg‘ir sabab yorilgan to‘g‘on, axlat uyumini titayotgan ayol — 30-aprel suratlari 30 aprel, 23:30