Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.
![](/static/2024/04/04/suv-k6Ev0XG2.jpg)
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 2-aprelda Toshkent shahar hokimining Veolia Energy Tashkent MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15 foizga ko‘tarilgan.
![](/static/2024/04/04/l-tghAUJLG.jpg)
Ma’lumot uchun, issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun yangi tariflar isitish mavsumi tugagan kundan bir kun o‘tib, ya’ni 27-martdan emas, balki Toshkent shahar xokimining tegishli qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan kuchga kirdi.
“Agar siz 27-martdan 2-aprelgacha issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, to‘langan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.