Toshkentda “TAF!23” reklama festivali bo‘lib o‘tadi. Beshinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur festival bir vaqtda ikkita tanlov uchun loyihalarni qabul qiladi: ekspert hay'ati fikriga ko‘ra "TAF!23" tanlovi uchun va iste'molchilar fikriga ko‘ra “2023-yil reklamasi” tanlovi uchun loyihalar.
“Ikkita tanlovda qatnashishning yangicha formati mamlakatdagi barcha brendlar va agentliklarga 2022—2023-yillardagi o‘z faoliyatlari natijalarini ham mahalliy, ham xalqaro hay’atga, shuningdek minglab iste'molchilarga namoyish etish imkoniyatini beradi”, — deyiladi tashkilotchilar xabarida.
Festival dasturidan “TAF!23” va “2023-yil reklamasi” tanlovlari, beshinchi xalqaro reklama konferensiyasi, ko‘rgazma, ABC-shou — jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi, shuningdek, Night party o‘rin olgan.
Bu tadbir yangi bilimlar, unutilmas hissiyotlar, ruhlantiruvchi sovrinlarga ega bo‘lish, tanishlar doirasini kengaytirish hamda hamkasblar va do‘stlar bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga aylanmayotgani ta'kidlanmoqda.
Ekspertlar fikriga ko‘ra “TAF!23” tanlovi uchta yo‘nalish: marketing&creative effectiveness, creativity&craft, social bo‘yicha 19 ta nominatsiyada keyslar qabul qiladi. Tanlovda 2022-2023-yillardagi muvaffaqiyatli reklama kampaniyalari qatnashishi mumkin. Short-listni tanlovning O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning 104 nafar vakilidan iborat mahalliy hay’at saralab oladi. So‘ngra xalqaro hay’at g‘oliblarni aniqlaydi. "TAF!23" tanloviga keyslar 4-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Iste'molchilar fikriga ko‘ra "2023-yil reklamasi" tanlovi 8 ta nominatsiya bo‘yicha ishlarni qabul qiladi:
- TV-reklama
- Internetda reklama
- Radioreklama
- Tashqi reklama
- Logotip
- Qadoq
- Sayt
- Mobil ilova
"2023-yil reklamasi" tanloviga loyihalar 21-avgustga qadar qabul qilinadi.
28-avgustdan 25-sentyabrgacha Telegram-botda iste'molchilarning ochiq ovoz berishi o‘tkaziladi, u yerda har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
"TAF!23" festivali tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Toshkent reklama festivali – bu muntazam rivojlanib borayotgan loyiha. Bu yilgi dasturda ko‘p yangiliklar mavjud. Birinchidan, biz bir vaqtda ikkita tanlov joriy qildik, toki barcha xohlovchilarda qatnashish formatini tanlash imkoni bo‘lsin: keyslarni ekspertlar fikriga ko‘ra "TAF!23" tanloviga, reklama loyihalarining o‘zini esa – "2023-yil reklamasi" tanloviga topshirish mumkin.
Ikkita tanlovda qatnashish nega zarur? Tanlovlarning ikkalovida qatnashish shart emas, lekin maqsadga muvofiq. Bu holatda sizda g‘alaba qozonish imkoniyati ikki martaga ortadi. Shuningdek, bitta keys yoki reklamani bir necha nominatsiyaga taqdim etish ham mumkinki, bu g‘olib bo‘lish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Loyihangizni mahalliy va xalqaro hay’at hamda minglab iste’molchilar ko‘radilar. Va eng asosiysi loyihangiz "TAF!23" festivali saytida saqlanib qoladi, bu esa mamlakatimiz tarixi demakdir. O‘tgan yilda tanlovda 203 ta brend va agentlikning 268 ta loyihasi qatnashgandi.
Ikkinchidan, biz birinchi marta festivalga Night Party atalmish katta ko‘ngil ochar dasturini kiritdik, u tesha tegmagan chiqishlar va sovrinlar o‘yinini o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, biz joylashuvni o‘zgartirdik va festival maydonini sezilarli kengaytirdik, bu ko‘rgazma qismini qo‘shish va kreativ fotohududlar joylashtirish imkonini berdi".
"TAF!23"ning asosiy sanalari:
"2023-yil reklamasi" tanloviga loyihalarni qabul qilish — 21-avgustgacha, ekspertlar fikriga ko‘ra "TAF!23" tanloviga keyslar qabuli — 4-sentyabrgacha.
Iste'molchilar ovoz berishi: 28-avgustdan 25-sentyabrgacha.
Mahalliy hay'at ovoz berishi: 18-sentyabrdan 2-oktyabrgacha.
Xalqaro hay'at ovoz berishi: 5-oktyabr.
Mukofotlash marosimi: 7-oktyabr.
Xalqaro konferensiya, ABC show, Night party – 7-oktyabrda
Tadbirlar "Anhor" bog‘idagi karting markazida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi. Bosh hamkor "Agrobank", avto hamkor – "Chevrolet Uzbekistan" kompaniyasi.