QIDIRUV NATIJALARI: 85455

Ukrainada mahkumlarni harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi Yangi qonun siyosiy mahbuslar, qotillar, jinsiy zo‘ravonlik tufayli qamalganlar va pedofillardan tashqari barcha mahkumlarni harbiy xizmatga chaqirishni nazarda tutadi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-may kuni mahkumlarni harbiy xizmatga safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini imzolagan. Bu haqda Ukraina mahalliy nashrlariga tayanib, “TASS” xabar berdi . Arxiv foto: news-kiev.ru Manbada aytilishicha, yangi ...
Eng boy britaniyaliklar reytingi e’lon qilindi Reytingda birinchi o‘rinni Hinduja Group moliyaviy-sanoat guruhi egasi Gopi Hinduja va uning oilasi (37,2 mlrd funt) egalladi O‘tgan yil davomida 350 nafar britaniyalik millionerning umumiy boyligi 16 foizga o‘sib, 795,4 milliard funt sterlingga (1,006 trillion dollar) yetdi. Shu bilan birga, milliarderlar soni 177 dan 165 kishiga kamaydi — bu reytingning butun 36 yillik tarixidagi eng sezilarli yillik pasayishdir. The Sunday Times gazetasi Buyuk Britaniyaning ...
Isroildan G‘azoga gumanitar yordam kiritishni talab qilib 13 mamlakat rahbariyati qo‘shma bayonot eʼlon qildi Bayonotda e’tibor qaratilgan birinchi muhim masala Misr va G‘azo o‘rtasidagi Rafah o‘tkazish punktini ochish bo‘lgan Isroil hukumatidan G‘azoga quruqlik orqali gumanitar yordam kiritishni talab qilgan 13 mamlakat rahbariyati 17-may kuni qo‘shma bayonot eʼlon qilgan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi. Foto: Anadolu Bayonotda Isroilning Rafahda olib borayotgan harbiy operatsiyasi og‘ir oqibatlarga ...
Pokiston harbiylari Afg‘oniston sharqidagi Xost va Paktika viloyatlariga hujum uyushtirdi Hujum oqibatida besh nafar ayol va bir bola halok bo‘lgan Pokiston harbiylari 17-may kuni Afg‘oniston sharqidagi Xost va Paktika viloyatlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Tasnim News nashri xabar berdi . Foto: Tasnim News Manbada aytilishicha, hujumda asosan turar joy inshootlari nishonga olingan. Bir qancha afg‘on fuqarolari halok bo‘lgan va jarohatlangan. Pokiston askarlarining ...
Italiya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo TIV rahbarlari bilan 1+5 formatda konferensiya o‘tkazadi Bu uchrashuv Yevropaning, jumladan, Italiyaning Markaziy Osiyoga e’tiborini tasdiqlaydi, deb yozdi Agenzia Nova Shu yilning 29-may kuni Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani Markaziy Osiyoning beshta davlati — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan Rimda uchrashuv o‘tkazadi. Bu uchrashuv Yevropaning, jumladan, Italiyaning ...
Isroilning G‘azo shimolidagi qochqinlar lageriga hujumi oqibatida kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘ldi Isroil kuchlari Jabaliya va Nuseyrat qochqinlar lagerlariga hujum qilgan Isroil armiyasi 17-may kuni G‘azo shimolidagi qochqinlar lageriga hujum uyushtirishi oqibatida kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda G‘azodagi mahalliy nashrlar tarqatgan xabarlarga asoslanib, CNN nashri xabar berdi . Arxiv foto: msn.com Manbada aytilishicha, G‘azo shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lageriga ...
Putin: “Rossiya Xarkovni olishni rejalashtirmaydi” 11-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatidagi bir qancha qishloqlar o‘z nazoratiga o‘tganini ma’lum qilgandi Vladimir Putin Rossiya Xarkov shahriga hujum qilish niyatida emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xarkov chegarasidagi operatsiya bufer zona yaratish va Rossiya hududlarini Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishidan himoya qilish uchun zarur. “Bu ularning ham aybi, chunki ular o‘qqa tutdi va, afsuski, chegara ...
Zelenskiy Shveysariyadagi sammitda yadroviy xavfsizlik kafolatlarini olmoqchi Shveysariyadagi konferensiya 15–16-iyun kunlariga mo‘ljallangan. Taklif etilgan 160 ta davlatdan 50 tasi ishtirok etishini tasdiqladi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik sammitida G‘arbdan energiya xavfsizligi va yadroviy inshootlar xavfsizligi kafolatlarini olishga umid qilmoqda. Ukraina prezidenti erkin navigatsiya uchun sharoit ...
Turkiya harbiylari Suriya va Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 7 nafar jangarini yo‘q qildi Jangarilar “Furot qalqoni” va “Panja-qilich” maxsus operatsiyalari davomida yo‘q qilingan Turkiya harbiylari 17-may kuni Suriya va Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 7 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabariga asoslanib, Anadolu nashri xabar berdi . Foto: Anadolu Xabarda aytilishicha, jangarilar “Panja-qilich” operatsiyasi davomida yo‘q ...
`